08.04.2025
⚡️ Komediya janridagi afsonaviy o‘zbek retro filmlarining katta ekranlardagi namoyishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Milliy kinofondi va Retro film klubi hamkorligida o‘tkazilayotgan maxsus haftalik doirasida bugun, O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida, soat 18:30da sevimli “Maftuningman” filmining o‘zbek tilida namoyishi bo‘lib o‘tadi!