“O‘Zarxiv” agentligi xodimlari uchun “Bahodir Yalangto‘sh” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

  Bugun O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–209-sonli qarorining 7-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘Zarxiv” agentligi tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlar uchun “Bahodir Yalangto‘sh” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
 Film Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan «Tirik tarix» loyihasi doirasidagi ilk kinokartina hisoblanadi. Filmda buyuk sardor, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangtoʻshning hayot yoʻli va faoliyati hikoya qilinadi.
  Shuningdek filmda O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Matyoqub Matchonov, Boir Xolmirzayev, Behzod Muhammadkarimov, Tohir Saidov kabi mahoratli aktyorlar rol ijro qilgan. Bahodir Yalangtoʻsh obrazini taniqli aktyor Habibullo Nizomov gavdalantirgan.
Shu bilan birga, tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston kino sanʼati muzeyi bilan tanishishdi. Ularda film hamda muzey yorqin taassurot qoldirdi.
  Ma'lumot uchun: Muzeyda “Mustaqillik davri kino sanʼati”, “Yangi kino sanʼatida jonlangan tarix”, “Toshkent xalqaro kinofestivali”, “Oʻzbek milliy kino sanʼatining olamshumul yutuqlari”, “Oʻzbek kino sanʼatining unutilmas siymolari”, “Yangi Oʻzbekistonning kino ijodkorlari” kabi burchaklar tashkil etilib, har bir qismi tegishli koʻrgazma, ekspozitsiya va galereyalar o‘rin olgan.

Hizmatlar
  • Saqlash uchun qabul
  • Laboratoriya
  • Mualliflik huquqi
  • Tadqiqodchilar uchun
Fond haqida
Saqlash
  • Texnik nazorat
  • Arhivni raqamlashtirish
  • Filmlar katalogi


Loyihalar