SHHT davlatlari kino sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

  Xabaringiz bor, joriy yilning 3–7 iyul kunlari Xitoyning Chongqing shahrida o‘tkazilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) aʼzo davlatlari kinofestivali davom etmoqda.
 Festival doirasida SHHTga aʼzo davlatlarning kino sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan maxsus forum bo‘lib o‘tdi.
 Forumda SHHTga aʼzo mamlakatlar kino sohasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ham tadbirda so‘zga chiqib, mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan kinoloyihalar, qo‘shma kinoloyihalar ishlab chiqarish (ko-produksiya) tajribalari va kelgusi rejalar haqida atroflicha maʼlumot berdi.
   Forumda kino sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, birgalikda yangi ko-produksiya loyihalarini ishlab chiqish va bu hamkorlikni tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
  Shuningdek, forum ishtirokchilariga O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ilk bor suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Meni kutgil” nomli yangi xalqaro kinoloyiha haqida ham maʼlumot taqdim etildi. Bu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilayotganini tasdiqlaydi.
 Forum yakunida O‘zbekiston tomoni qo‘shma kinoloyihalarni yaratishga to‘liq tayyor ekanini bildirib, kelgusida SHHT makonida keng qamrovli hamkorlikni amalga oshirishini ma'lum qildi.
  Festival tadbirlari davom etmoqda.

Hizmatlar
  • Saqlash uchun qabul
  • Laboratoriya
  • Mualliflik huquqi
  • Tadqiqodchilar uchun
Fond haqida
Saqlash
  • Texnik nazorat
  • Arhivni raqamlashtirish
  • Filmlar katalogi


Loyihalar