“Suyunchi” filmi xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi!

   Joriy yilning 26–28-iyun kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida ilk bor o‘tkazilgan “Incheon International Folk Film Festival” doirasida taniqli rejissyor Melis Abzalov tomonidan suratga olingan “Suyunchi” filmi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
   Festivalda dunyoning 40 dan ortiq davlatidan ishtirok etgan filmlar orasida “Suyunchi” filmi o‘zbek xalqining qadimiy an’analari, oila qadriyatlari va boy madaniy merosini chuqur va ta’sirchan ifodalagani bilan ajralib turdi hamda xalqaro tomoshabinlar qalbidan ha Hakamlar hay’ati filmni “folklor va zamonaviy kinematografiyani mahorat bilan uyg‘unlashtirgan, avlodlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik va uzviylikni yurakdan tuyuntira olgan asar” deya e’tirof etdi.
 “Suyunchi” filmiga berilgan xalqaro e’tirof — O‘zbekiston kino san’ati uchun muhim yutuq bo‘lib, mamlakatimiz madaniy merosiga bo‘lgan xalqaro qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatdi.
 Festival doirasida O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan yurtimiz madaniyati, tarixi, urf-odatlari, san’ati, turizm salohiyati va ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ko‘rgazma ham tashkil etildi.
 Ko‘rgazmada milliy liboslar, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, ipakchilik mahsulotlari, xalq amaliy san’ati namunalari, kitob va qo‘llanmalar keng namoyish etildi.
    Ushbu g‘alaba — xalqimizning boy madaniy merosini dunyoga targ‘ib etish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir!

Hizmatlar
  • Saqlash uchun qabul
  • Laboratoriya
  • Mualliflik huquqi
  • Tadqiqodchilar uchun
Fond haqida
Saqlash
  • Texnik nazorat
  • Arhivni raqamlashtirish
  • Filmlar katalogi


Loyihalar