“O‘zbekistonda Rossiya kinosi festivali” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda yurtdoshlarimiz muzey bilan yaqindan tanishmoqda

 O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “O‘zbekistonda Rossiya kinosi festivali” bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi ko‘magida ROSKINO tomonidan tashkil etilgan ushbu kinonamoyishlar “Rossiya madaniyati kunlari” dasturining bir qismi hisoblanadi.
  Namoyish oldidan Kino saroyga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati hamda o‘zbek kino san’atining boy tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
 Muzeyda “Mustaqillik davri kino sanʼati”, “Yangi kino sanʼatida jonlangan tarix”, “Toshkent xalqaro kinofestivali”, “Oʻzbek milliy kino sanʼatining olamshumul yutuqlari”, “Oʻzbek kino sanʼatining unutilmas siymolari”, “Yangi Oʻzbekistonning kino ijodkorlari” kabi ekspozitsiyalar mavjud.
   Eslatib o‘tamiz, muzeyga kirish va ekspozitsiyalarni tomosha qilish mutlaqo bepul! Kino sanʼatining bebaho merosi bilan tanishish imkoniyatidan foydalaning!
  Maʼlumot uchun, “Rossiya kinosi festivali” doirasida “Madaniy komediya”, “To‘ti Keshaning qaytishi”, “Fedya. Xalq futbolchisi”, “9 soniya” hamda “Havo” filmlarining namoyishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbir 31-may sanasiga qadar davom etadi.

Hizmatlar
  • Saqlash uchun qabul
  • Laboratoriya
  • Mualliflik huquqi
  • Tadqiqodchilar uchun
Fond haqida
Saqlash
  • Texnik nazorat
  • Arhivni raqamlashtirish
  • Filmlar katalogi


Loyihalar