Bugun “O‘zbekistonda Rossiya kinosi festivali” doirasida Rossiya Federatsiyasining madaniyat vaziri Olga Lyubimova O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov hamda boshqa rasmiylar kutib olishdi.
Dastlab mehmonlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino san'ati muzeyi va Kino saroyining tomosha zallari bilan tanishishdi. Ular uchun maxsus ekskursiya tashkil etilib, kino san’atining rivojlanish jarayoni, mashhur filmlar va ularning yaratilish tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.