Bugun butun dunyoda madaniyat, tarix va san’at xazinalarini asrab-avaylashga xizmat qilayotgan muqaddas maskan – muzeylar kuni nishonlanmoqda!
O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi sifatida biz milliy kino merosimizni saqlash, tadqiq etish va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida fidokorona xizmat qilishni o‘zimizga sharaf deb bilamiz. Har bir eksponat, har bir kino afishasi, har bir kino uskunasi – bu xalqimizning san’atga bo‘lgan mehrini aks ettiruvchi bebaho yodgorlikdir.
Bu sana bizga yana bir bor eslatadiki, muzeylar – o‘tmish va bugunning, madaniyat va zamonaviylikning mustahkam ko‘prigidir.
Aziz kino ixlosmandlari! Sizni muzeyimizga tashrif buyurib, o‘zbek kinosi tarixining yorqin sahifalari bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz.
Xalqaro muzeylar kuni muborak bo‘lsin!