Premyera davomida yurtdoshlarimiz muzey faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda

  Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Daydi shamol” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
  Namoyish oldidan Kino saroyga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati hamda o‘zbek kino san’atining boy tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
  Muzeyda “Mustaqillik davri kino sanʼati”, “Yangi kino sanʼatida jonlangan tarix”, “Toshkent xalqaro kinofestivali”, “Oʻzbek milliy kino sanʼatining olamshumul yutuqlari”, “Oʻzbek kino sanʼatining unutilmas siymolari”, “Yangi Oʻzbekistonning kino ijodkorlari” kabi ekspozitsiyalar mavjud.
  Eslatib o‘tamiz, muzeyga kirish va ekspozitsiyalarni tomosha qilish mutlaqo bepul! Kino sanʼatining bebaho merosi bilan tanishish imkoniyatidan foydalaning!
 Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan joriy yilning 8–10 may kunlari O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan maxsus fotoko‘rgazma tashkil etilmoqda.
 «Ikkinchi jahon urushi yillari o‘zbek kinosi» mavzusidagi mazkur fotoko‘rgazmada urush yillarida yaratilgan kinofilmlar, kino arboblarining hayoti va ijodi, shuningdek, tarixiy lahzalar aks etgan fotosuratlar namoyish etiladi.
    📍 Manzil: Navoiy ko‘chasi 15-uy, O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi
    ⏰ Vaqti: 10:00 — 18:00
     🎟 Kirish bepul 

Hizmatlar
  • Saqlash uchun qabul
  • Laboratoriya
  • Mualliflik huquqi
  • Tadqiqodchilar uchun
Fond haqida
Saqlash
  • Texnik nazorat
  • Arhivni raqamlashtirish
  • Filmlar katalogi


Loyihalar