O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan joriy yilning 8–10 may kunlari O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan maxsus fotoko‘rgazma tashkil etilmoqda.
«Ikkinchi jahon urushi yillari o‘zbek kinosi» mavzusidagi mazkur fotoko‘rgazmada urush yillarida yaratilgan kinofilmlar, kino arboblarining hayoti va ijodi, shuningdek, tarixiy lahzalar aks etgan fotosuratlar namoyish etiladi.
Manzil: Navoiy ko‘chasi 15-uy, O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi
⏰ Vaqti: 10:00 — 18:00
🎟 Kirish bepul
Barcha yutydoshlarimizni ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurishga taklif qilamiz!