🎗“Said bilan Saida” hamda “Malik Qayumov” filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi 

   Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy kinofondi, O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Kino saroyi ma’muriyati hamkorligida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan “Said bilan Saida” hamda “Malik Qayumov” filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
  Namoyishda kinoaktyor Habibullo Nizomov, “Malik Qayumov” hujjatli filmining rejissyori Kamila Binyatova, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Film ijodkorlari tomoshabinlar bilan suhbatda filmlarning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
     “Said bilan Saida” filmida O‘zbekiston Qahramoni, adib Said Ahmad va Saida Zunnunovaning hayoti, muhabbat va sadoqatidan hikoya qiladi
    “Malik Qayumov” filmida “Unutilmas qahramonlar” turkumi doirasida yaratilgan bo‘lib, o‘zbek hujjatli kinosi ustunlaridan biri, Ikkinchi jahon urushi jang sahnalarini kinolentada abadiylashtirgan kinooperator Malik Qayumovning hayoti va jasorati haqida hikoya qiladi. 
    Ma’lumot uchun, bepul kinonamoyishlar 10-mayga qadar davom etadi. Namoyishlar jadvali bilan quyidagi havola  orqali tanishishingiz mumkin.

Hizmatlar
  • Saqlash uchun qabul
  • Laboratoriya
  • Mualliflik huquqi
  • Tadqiqodchilar uchun
Fond haqida
Saqlash
  • Texnik nazorat
  • Arhivni raqamlashtirish
  • Filmlar katalogi


Loyihalar