ā”ļø Avval xabar berganimizdek, bugun Oāzbekiston Milliy kino sanāati saroyida Oāzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Oāzbekiston Milliy kinofondi, Oāzbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Kino saroyi maāmuriyati hamkorligida 9-may ā āXotira va qadrlash kuniā munosabati bilan Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara oāzbek filmlarining bepul namoyishlariga start berildi.
Ilk namoyishni āMuhabbat bahoriā filmi boshlab berdi. Namoyishda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil toāxtalib oātdilar.
Filmda ikki ijodkor ā Oāzbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yoāllari, ijodi, ayriliq, vafo va sadoqat tuygāulari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, ularning orzu va armonlari, Hamid Olimjon vafotidan keyingi Zulfiyaxonimning ichki kechinmalari, umid va shijoatga toāla hayot yoāli oāziga xos badiiy rakursda tasvirlangan.