O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Kinematografiya Agentligi ko'magi bilan 2025-yil 15-18-aprel kunlarida "O'zbekiston milliy kinofondi" DM direktori Sh.Norov va mas’ul hodim H.Yusopovlar Moskva viloyatida joylashgan GosFilmoFondda tajriba almashish maqsadida safar uyushtirdi.
Safar davomida GosFilmoFondda kinolentalarning qanday sharoitda saqlanishi, ularning restavratsiya qilish jarayonlari hamda filmlarni saqlash bo’yicha kerakli barcha ko’nikmalar xususida tajriba almashilindi va muhim jihatlar o’zlashtirildi.
“O’zbekiston milliy kinofondi” DM ushbu hamkorlikni davomli bo’lishini kutib qoladi.